«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati — O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizim. Jamiyat kimyo korxonalarining ishlab chiqarish, innovatsion va marketing dasturlarini tuzadi va amalga oshiradi, hamda shular orqali ham kimyo sohasining barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

Jamiyat tarkibiga sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlar kiradi.

Matbuot markazi

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoati mahsulotlarining 18-iyul kunidagi savdo yakunlari

// 18.07.2025


“Oʻzkimyosanoat” AJ va “O'zkimyoimpeks” MChJ xodimlari ISO 31000:2018 standarti boʻyicha malaka oshirishdi

// 18.07.2025

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O'zkimyoimpeks” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 22 nafar xodimi ISO 31000:2018 – “Xavflarni boshqarish” xalqaro standartini tizimga joriy etish boʻyicha xalqaro “Cert International” Akademiyasi mutaxassislari tomonidan onlayn formatda oʻqitildi.


“Oʻzkimyosanoat” AJ va “Oʻzavtosanoat” AJ oʻrtasida avtomobil sanoati uchun import kimyoviy mahsulotlarni mahalliylashtirish yuzasidan muzokaralar boʻlib oʻtdi

// 18.07.2025

Joriy yilning 17-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish va importni maqbullashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, “Oʻzavtosanoat” AJ qoshidagi “Cooperation Lab” — tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish markazida uchrashuv oʻtkazildi.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoati mahsulotlarining 17-iyul kunidagi savdo yakunlari

// 17.07.2025


​AQSh olimlari ekologik toza plastik yaratdi

// 17.07.2025

Jahon kimyo sanoati xabarlari: AQShning Keys Vestern Rezerv universiteti tadqiqotchilari taqiladigan elektronikada foydalanish, sensorlar va egiluvchan datchiklarda qoʻllash uchun mos boʻlgan elektr xususiyatlarga ega yangi turdagi ftorsiz segnetoelektrik polimer yaratdilar.


Veb-sayt orqali o'zingizga kerak bo'lgan ma`lumotga ega bo'ldingizmi?