«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati — O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizim. Jamiyat kimyo korxonalarining ishlab chiqarish, innovatsion va marketing dasturlarini tuzadi va amalga oshiradi, hamda shular orqali ham kimyo sohasining barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Jamiyat tarkibiga sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlar kiradi.
2024-yil aprel oyida Myunxen shahrida “Yangi O‘zbekiston” universiteti va TUM (Myunxen texnika universiteti) hamkorligida tashkil etilgan Birinchi xalqaro ta’lim simpoziumi hamda universitet huzuridagi Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining mantiqiy davomi sifatida Germaniya va O‘zbekiston sanoat korxonalari, ilmiy va ta’lim sohalari vakillari ishtirokida navbatdagi xalqaro forum o‘tkazildi.
"Oʻzkimyosanoat" AJ va tarmoq korxonalari oʻz faoliyati davomida ekologik barqarorlikni taʼminlash va atrof-muhitni muhofaza qilishni ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilagan. Bu borada ekologik talablarga rioya etish, ishlab chiqarish jarayonlarida zamonaviy va ekologik xavfsiz texnologiyalardan foydalanish, chiqindilarni kamaytirish hamda qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish orqali tabiatga boʻlgan taʼsirni minimallashtirish yuzasidan aniq va amaliy choralar koʻrib kelmoqda.