«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati — O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizim. Jamiyat kimyo korxonalarining ishlab chiqarish, innovatsion va marketing dasturlarini tuzadi va amalga oshiradi, hamda shular orqali ham kimyo sohasining barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Jamiyat tarkibiga 14 sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlar, shuningdek «Kimyotrans» va “Kimyotrans-logistik” tashqi iqtisodiy transport-ekspeditorlik tashkilotlar, hamda “Hamkor-servis” broker kompaniya kiradi.
Abdurazakov Muhammadbobur Abdumalik oʻgʻli “Oʻzkimyosanoat” AJ Boshqaruvi raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
21-aprel kuni poytaxtimizda 45 ta mamlakatdan 5 mingga yaqin havaskor yuguruvchi va professional sportchilar ishtirokida VI “BYD” Toshkent xalqaro marafoni boʻlib oʻtdi.
D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialida “Qadriyatlar oyligi” doirasida Talabalar festivali oʻtkazildi. Festivalda professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda nuroniylar ishtirok etishdi.
19-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mehnat yarmarkasi oʻtkazildi. Ushbu tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJ ham faol ishtirok etdi.
19-aprel kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan ““O’zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida konferensiyalar o‘tkazish to‘g‘risida” gi 5-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida navbatdagi konferensiya bo‘lib o‘tdi.