«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati — O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizim. Jamiyat kimyo korxonalarining ishlab chiqarish, innovatsion va marketing dasturlarini tuzadi va amalga oshiradi, hamda shular orqali ham kimyo sohasining barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Jamiyat tarkibiga 14 sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlar, shuningdek «Kimyotrans» va “Kimyotrans-logistik” tashqi iqtisodiy transport-ekspeditorlik tashkilotlar, hamda “Hamkor-servis” broker kompaniya kiradi.
Yaxshilik vaqt, makon, zamon tanlamaydi. O‘zgalar salomatligi, taqdiriga befarq bo‘lmaslik mehr-oqibat namunasidir. Qon donorlari kasallik, baxtsiz hodisa natijasida hayoti xavf ostida qolgan bemorlarga beg‘araz yordam ko‘rsatadigan ana shunday saxovatpesha insonlar safida.
Kuni-kecha "Kimyogarlar" madaniyat saroyida jamiyat ishchi-xodimlarining ijodiy iste’dodlarini oshirish hamda yuzaga chiqarish maqsadida “Qalbga yaqin satrlar” qo'shiqchilik ko'rik-tanlovi tashkil etildi.
Mazkur yigʻilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” PF-37-son Farmoni ijrosini taʼminlash masalalariga bagʻishlandi. Unda tarmoq korxonalari boshqaruvi raislari, masʼullar ishtirok etdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qilingan ishlarning qay darajada samarali amalga oshirilganligini reyting baholash natijalari e'lon qilindi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 28-mart sanasidagi yakuni boʻyicha maʻlumotlarni taqdim etadi.