«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati — O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizim. Jamiyat kimyo korxonalarining ishlab chiqarish, innovatsion va marketing dasturlarini tuzadi va amalga oshiradi, hamda shular orqali ham kimyo sohasining barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Jamiyat tarkibiga sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlar kiradi.
Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash — bu shunchaki dastur yoki shior emas, balki kelajakka qilingan aniq sarmoyadir. Yosh insonga ishonch bildirish, uning tashabbusini qoʻllab-quvvatlash va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun sharoit yaratish orqali jamiyat barqaror va sogʻlom rivojlanadi. Har bir yoshning bilimi, mehnati va masʼuliyati qadrlangan muhitda ular oʻz oʻrnini topadi, yurti taqdiriga daxldor ekanini his qiladi va shu his-tuygʻu bilan halol, fidokor va tashabbuskor boʻlib kamol topadi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Yangi avlod oʻzini oʻzi boshqaruvchi laboratoriya yaratildi. U real vaqt rejimida tajribalar oʻtkazadi va maʼlumotlarni uzluksiz yigʻadi, natijada yangi materiallarni kashf etish jarayoni kamida 10 barobar tezlashadi.