«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati — O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizim. Jamiyat kimyo korxonalarining ishlab chiqarish, innovatsion va marketing dasturlarini tuzadi va amalga oshiradi, hamda shular orqali ham kimyo sohasining barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Jamiyat tarkibiga sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlar kiradi.
Festivalda korxona ishchi-xodimlari atlas va adras kabi milliy matolardan liboslar kiyib kelishdi. Milliy liboslarga hamohang ishtirokchilar tomonidan qadimiy laparlar, milliy o‘yinlar, guruhlar kesimidagi aytishuvlar namoyish etildi. Xotin-qizlarning festivaldagi kelinsalom va bellashuvlarda qiziqishi va jonbozligida yanada ko‘proq aks etdi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: 2024-yilda biopolimer plyonkalari jahon bozori hajmi 6,4 milliard dollarni tashkil etdi. Prognozlarga koʻra, u 2025-yilda 6,91 milliard dollardan 2034-yilga kelib 14 milliard dollargacha oʻsishi mumkin. Ushbu davr mobaynida oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 8,2%ni tashkil etadi, deya prognoz qilmoqda Precedence Research agentligi.
2024-yil aprel oyida Myunxen shahrida “Yangi O‘zbekiston” universiteti va TUM (Myunxen texnika universiteti) hamkorligida tashkil etilgan Birinchi xalqaro ta’lim simpoziumi hamda universitet huzuridagi Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining mantiqiy davomi sifatida Germaniya va O‘zbekiston sanoat korxonalari, ilmiy va ta’lim sohalari vakillari ishtirokida navbatdagi xalqaro forum o‘tkazildi.
"Ajinomoto" - 1909-yilda tashkil etilgan korporatsiya bo‘lib, oziq-ovqat, ziravorlar, aminokislotalar va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri hisoblanadi.
“O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari ishlab chiqargan mineral o‘g‘itlar maxsus agroplatforma savdo maydonchalarida 5-10% arzon narxlarda sotilmoqda va joylardagi vakolatli omborlar orqali g‘alla va paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilmoqda